anorbek
5 лет назадshe'r
Gar urishdan tonsa yuragim.
Yer ostida jonsiz yotaman.
Senga bo'lmay qolsa keragim,
Shunda seni tashlab ketaman.
Menga bo'lgan sevging so'nsa gar,
Eslamasang kunlaru tunda,
Qalbing boshqasiga kunsa agar,
Shunda seni tashlab ketaman....
Bu dunyodan ishq agar ketsa,
Unutsalar tiriklar meni,
Ruxim chiqib osmonga yetsa,
Shunda tashlab ketaman seni....
So'ngi yo'lga kuzatsa do'stim,
Ortimdan qolsalar ko'zlarin yoshlab,
Yumilganda manguga ko'zim,
Shunda seni ketaman tashlab.....